AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonda 38 daraja issiq bo`ladi

'Bugun O`zbekistonda 38 daraja issiq bo`ladi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekistonda yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 33-38° gacha ko`tariladi.

Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi. Yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo 33-35° gacha isiydi.

Respublikaning tog` oldi hududlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-27° bo`ladi.

 

    Boshqa yangiliklar