AsosiyJamiyat

Samarqandda hokimiyat oldida ayol o`zini yoqib yuborishga harakati qildi

'Samarqandda hokimiyat oldida ayol o`zini yoqib yuborishga harakati qildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda viloyat hokimligi binosi oldida o`zini yoqmoqchi bo`lgan ayol haqida ma`lumot tarqaldi.

Vaziyatga Samarqand viloyat prokuraturasi ma`lumot berdi:

"Mazkur holat viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan darhol joyiga chiqqan holda o`rganilib, fuqaro M.Ibragimovaning murojaati Samarqand tuman prokuraturasi binosida viloyat prokurorining o`rinbosari Sirojiddin Fayziev boshchiligida tuman sektor rahbarlari va boshqa mutasaddi tashkilot vakillari ishtirokida muhokama qilindi.

Barcha ishtirokchilarning, shu jumladan M.Ibragimovaning qurilishi bitmagan uyi buzilishga tushganligi holati bo`yicha fikr-mulohazalari eshitilib, uning qonunga zid ravishda qurilgan uyini buzish hamda unga subsidiya asosida uy-joy berish to`g`risida xulosa qilindi"

    Boshqa yangiliklar