Toshkent davlat transport universiteti, Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan tabriklamoqda.
Shu munosabat bilan 27 iyun kuni soat 11:00-14:00 ga qadar jurnalistlarning farzandlarini universitet suv havzasida bo`lib o`tadigan suv sporti bayramiga taklif etishyapti.
Yosh bolalar uchun shu kuni alohida suv sporti murabbiylari xizmat ko`rsatadi.
"Farzandlaringiz bilan miriqib dam olib ketishga munosibsiz" deyiladi xabarda.
Manzil: Mirobod tumani, Odilxo`jaev ko`chasi, 1-uy. Mo`ljal: Ozarbayjon madaniyat markazi.
Qo`shimcha ma`lumot uchun: +99890-932-82-94
(Matbuot xodimi ekanligingizni tasdiqlovchi hujjat bo`lishi maqsadga muvofiqdir)






