2021 yil 26 iyun kuni taxminan soat 19:56 larda Urganch tumani, “Oltin ko`l” MFY hududida joylashgan “Xorazm suv ta`minoti” MChJ Urganch tuman bo`limiga qarashli 1-sonli oqova suv haydash stansiyasida (KNS) 2 nafar ishchi oqova suvlarni haydash stansiyasidagi nasosni tozalash maqsadida quduqqa tushib, texnik xavfsizlik va shaxsiy himoya qoidalariga rioya qilmagani natijasida, taxminan toksik gazdan (serovodorod) zaharlangan. Bu haqda "Xorazm suv ta`minoti" MChJ Axborot xizmati xabar bermoqda.
Natijada 2 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan.
"Hurmatli hamkasblar, o`z ish joyingizda texnika xafvsizlik qoidalariga rioya qilgan holda ish olib borishingiz so`raladi",–deyiladi xabarda.






