AsosiyJinoyat

Buxoroda 10 dan ortiq erkakka tanosil kasalligini qasddan yuqtirgan ayol aniqlandi

'Buxoroda 10 dan ortiq erkakka tanosil kasalligini qasddan yuqtirgan ayol aniqlandi'ning rasmi

Buxoro viloyatida  Qorako`l tumanida istiqomat qiluvchi 1995 yilda tug`ilgan 26 yoshli ayol, Jondor tumanida yashovchi 25-30 yoshlar atrofidagi 10 dan ortiq shaxslar bilan  o`zini tanosil kasalligiga chalinganligini bilgan holda himoya vositalarisiz jinsiy aloqada bo`lib, ushbu fuqarolarga tanosil kasalligini yuqtirish yoki yuqtirish xavfi ostida qoldirish jinoyatini sodir qilgan. Bu haqda Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan Jondor tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JK.ning 113-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar