1

Bugun O`zbekistonda havo biroz bulutli bo`ladi

Jamiyat 28.06.2021, 07:38
Bugun O`zbekistonda havo biroz bulutli bo`ladi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun, kunduz kuni O`zbekistonda havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 35-40° bo`ladi.

Poytaxtimizda havo kam bulutli bo`ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo 37-39° gacha isiydi.

Respublikaning tog` oldi hududlarida kunning ikkinchi yarimda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 24-29° atrofida bo`ladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1