Joriy yilning 27 iyun soat taxminan 13.00larda Angren shahar IIB Post-patrul xizmati va jamoat tartibini saqlash guruhi xodimi safdor, 1987 yilda tug`ilgan Bekzod Bobomirzaev Angren shahar IIBning 4-qavatida o`ziga biriktirilgan «PM» tabel qurolidan o`zining jag` qismiga qarata bir marotaba o`q uzgan. Bu haqda IIV Axborot xizmati rasmiy xabar berdi.
Natijada safdor B.Bobomirzaev olgan jarohatidan voqea joyida vafot etgan.
O`z joniga qasd qilish sabablari Ichki ishlar vazirligi va prokuratura organlarining maxsus tashkil etilgan guruhi tomonidan o`rganilmoqda.
Holat O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining shaxsan nazoratiga olingan.






