1

Jizzaxda yashirin sex fosh etildi

Jamiyat 28.06.2021, 10:53
Jizzaxda yashirin sex fosh etildi

Jizzax shahrida tabiiy gaz tarmog`iga o`zboshimchalik bilan ulangan yashirin sex faoliyati fosh etildi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament.

Departamentning Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Jizzax shahrida yashovchi fuqaro J.R. o`zining yashash xonadonida yashirin sex tashkil qilib, o`zboshimchalik bilan tabiiy gaz tarmog`iga ulanib, qo`lbola usulda tayyorlangan ohak pishirish pechida 12 dona gaz gorelkasini o`rnatib, noqonuniy ohak ishlab chiqarish faoliyati bilan shug`ullanib kelganligi natijasida, hududiy gaz ta`minoti korxonasi manfaatlariga 76,3 mln so`m zarar etkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1