1

Bu hafta issiq bo`ladi — "O`zgidromet"

Jamiyat 28.06.2021, 11:53
Bu hafta issiq bo`ladi — "O`zgidromet"

Bugundan boshlab mamlakatimiz hududiga Volga bo`yi hududlaridan issiq va quruq havo kirib keladi. Bu haqda O`zgidromet ma`lum qildi.

Hafta davomida O`zbekiston bo`yicha asosan kam bulutli ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Butun davr davomida harorat foni maqbul bo`ladi. 

Havo harorati kechalari 22-25°, kunduz kunlari 38-41°, shimolda, janubda va cho`l hududlarida ba`zi joylarda 43° gacha atrofida bo`ladi.

Bunday harorat qiymatlari iyun oyi oxiri-iyul oyi boshidagi o`rtacha ko`p yillik qiymatlardan 2-4° ga ko`p bo`ladi. Biroq, bizning O`rta Osiyo iqlimimiz uchun, ayniqsa so`nggi yillarda bu anomal hodisa emas.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1