1

Toshkent shahriga kirish va chiqish bo`yicha o`rnatilgan cheklov bekor qilinishi kutilmoqda — IIV

Jamiyat 28.06.2021, 13:20
Toshkent shahriga kirish va chiqish bo`yicha o`rnatilgan cheklov bekor qilinishi kutilmoqda — IIV

Toshkent shahriga qo`shni viloyatlardan kirish bo`yicha o`rnatilgan cheklov tez orada bekor qilinishi kutilmoqda. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati «Daryo»ga ma`lum qildi.

Sog`liqni saqlash vazirligining taklifiga binoan Respublika maxsus komissiyasining qarorlari bilan 2021 yil 28 iyunidan 12 iyuliga qadar Toshkent shahriga qo`shni viloyatlardan avtotransport (avtobus, avtomobil) vositalari orqali o`ta zarurat bo`lmagan hollarda kirish bo`yicha cheklovlar o`rnatilishi belgilangandi. Cheklov kimlarga tatbiq etilmasligi ham ishlab chiqilgandi. 27 iyundan boshlab Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga olib chiquvchi yo`llar beton to`siqlar bilan berkitila boshlangandi. Shaharga kirib-chiqish faqat yo`l-patrul postlari tashkil qilinishi kutilayotgandi.

Cheklovlar sabab poytaxtdan Toshkent viloyati hududiga chiquvchi avtobuslar harakati YPX post maskanigacha tashkil qilinishi haqida «Toshshartransxizmat» axborot ham bergan.

IIVning «Daryo»ga xabar qilishicha, 27 iyun kuni tunda ushbu to`siqlarni joriy etmaslik bo`yicha topshiriq kelgan. Hozirda Toshkent shahriga kirish va chiqish bo`yicha hech qanday cheklovlar yo`q. Maxsus komissiyaning Toshkentga kirishni cheklash bo`yicha qarori yangi qaror bilan bekor qilinishi kutilmoqda.

28 iyun kuni Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga o`tgan «Daryo» muharriri yo`l-patrul postida hech qanday cheklovlar qo`llanmayotganiga guvoh bo`lgan. Ammo shaharga olib chiquvchi ko`chalarga o`rnatilgan beton to`siqlar hozircha olinmagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1