1

O`zbekiston Tojikistonda ipakni qayta ishlash zavodlarini tashkil etishni rejalashtirmoqda

Jamiyat 28.06.2021, 15:28
Teglar: O`zbekiston - Tojikiston
O`zbekiston Tojikistonda ipakni qayta ishlash zavodlarini tashkil etishni rejalashtirmoqda

Investisiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov va Sug`d viloyati raisi ishtirokida bo`lib o`tgan uchrashuvda Tojikistonda ipakni qayta ishlash zavodlarini tashkil etish bo`yicha kelishuvga erishildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, uchrashuvda Tojikistonda klaster yondashuvi asosida to`qimachilik sanoatini rivojlantirish bo`yicha O`zbekiston tajribasini joriy etishga qiziqish yuqori ekani ta`kidlangan. Yuqori texnologiyali ishlab chiqarish ob`ektlarini yaratishni nazarda tutgan holda o`zbek to`qimachilik ishlab chiqaruvchilari bilan to`g`ridan-to`g`ri hamkorlik o`rnatish rejalashtirildi.

Shuningdek, tomonlar yaqin kelajakda Toshkent viloyati tadbirkorlari ishtirokida Tojikistonning Sug`d viloyatida ipakni qayta ishlash zavodlarini tashkil etish va charm-poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqarish bo`yicha aniq takliflarni shakllantirishga kelishdi.

Ta`kidlanishicha, urug`chilik, paxtachilik, chorvachilik, uzumchilik va boshqa sohalardagi ilmiy ishlanmalarni o`zaro almashish maqsadida O`zbekiston va Tojikiston qishloq xo`jaligi ta`lim muassasalari o`rtasida hamkorlik yo`lga qo`yilishi ma`lum qilindi.

Uchrashuv yakunlari bo`yicha tomonlar hamkorlikning muhokama qilingan yo`nalishlarini ilgari surish bo`yicha navbatdagi tadbirlar bayon etildi. Shu bilan birga, yangi investisiya loyihalari ishlab chiqilib, amalga oshirish bo`yicha tegishli «yo`l xaritasi»ni ishlab chiqish aytilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1