Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi elektr podstansiyalaridan birida 28 iyun kuni yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, voqea Termiz shahar Tuproqqo`rg`on MFY Denov ko`chasida sodir bo`lgan. Ta`kidlanishicha, ushbu ko`chada joylashgan elektr podstansiyasi hududidagi transformatorlarning birida yong`in yuzaga kelgan. Voqea joyiga Termiz shahar favqulodda vaziyatlar bo`limining 2 ta yong`in-qutqaruv ekipajlari etib borgan.
Shuningdek, ekipaj hodisa joyiga soat 12:08 da etib borib, 12:18 da to`liq o`chirilgan. Hodisada jabrlanganlar va halok bo`lganlar yo`q. Hozirda yong`in sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.