AOKAda o`tkazilgan matbuot anjumanida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi mutasaddilari “2019-2028 yillar davrida O`zbekiston Respublikasida qattiq maishiy chiqindilar bilan bog`liq ishlarni amalga oshirish strategiyasi” ijrosi yuzasidan ma`lumot berdi.
Chiqindilarni tashib ketish uchun tadbirkorlarga hududlarni davlat-xususiy sheriklik asosida jalb qilish mexanizmlari yaratilmoqda, xususan, maishiy chiqindilar bilan ishlash sohasida hududlarni tadbirkorlik sub`ektlariga biriktirish bo`yicha 8 ta bitim imzolandi.
Joriy yil boshidan buyon chiqindilar bilan bog`liq 6 913 ta qonunchilik talablari buzilish holati aniqlangan. Ushbu holatlar yuzasidan fuqarolar hamda mansabdor shaxslarga nisbatan ma`muriy choralar qo`llanilib, 2 mlrd so`m miqdorida jarimalar rasmiylashtirilgan