Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda er sotish bilan bog`liq firibgarlik holatlari fosh etildi. Bu haqda departamentning Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Xabarga ko`ra, muqadddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan fuqaro R.M. Sharof Rashidov tumanida joylashgan, 0,16 gektar zaxiradagi suvli erni fuqaro R.ga keyinchalik er uchastkasi qurish uchun hujjat rasmiylashtirib berishini va`da qilib evaziga 120 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Xuddi shunday, Departamentning Buxoro shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda esa, fuqaro O.K. boshqa bir fuqaro Sh.ni aldab, unga shahardagi “Udirg`i” aholi punktida joylashgan 9 sotix zaxira er maydonini firibgarlik yo`li bilan 4 700 AQSh dollariga sotishni va`da qilib, shundan 4 200 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






