1

Yana 47 nafar Afg`oniston harbiylari va fuqarolari O`zbekiston chegarasini buzdi — TIV

Jamiyat 28.06.2021, 22:08
Yana 47 nafar Afg`oniston harbiylari va fuqarolari O`zbekiston chegarasini buzdi — TIV

Tashqi ishlar vazirligi Afg`onistonda keskinlik kuchayib borayotganidan mamlakat xavotirda ekanligini bildirib, rasmiy bayonot berdi. 

Ma`lum qilinishicha, 27 iyun kuni 44 kishidan iborat Afg`oniston chegara qo`shinlari va mahalliy qurolli guruh vakillari Sho`rtepa tumani hududida O`zbekistonning davlat chegarasini buzgan.

26 iyun kuni chegaraning ushbu qismida afg`on kuch ishlatar tizimlari 3 nafar vakili O`zbekiston hududiga kirib kelgan. Barcha Afg`oniston fuqarolari o`z vataniga qaytarilgan.

«O`zbekiston hududiga bu kabi noqonuniy o`tishga urinishlar qat`iy ravishda bartaraf etiladi», — deyiladi xabarda.

«O`zbekiston hukumati Afg`oniston bilan an`anaviy do`stona va yaxshi qo`shnichilik munosabatlarini davom ettirish, neytralitetni saqlash hamda qo`shni mamlakat ichki ishlariga aralashmaslik tarafdori ekanligini qat`iy ma`lum qiladi», — deyiladi TIV bayonotida.

Eslatib o`tamiz, avvalroq, 23 iyun kuni 53 nafar afg`on chegara qo`shinlari harbiy xizmatchilari va mahalliy qurolli guruhlar Sho`rtepa tumani hududidan O`zbekistonga o`tgani xabar qilingan edi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1