1

Bugun O`zbekistonda harorat ko`tarilishda davom etadi

Jamiyat 29.06.2021, 07:51
Bugun O`zbekistonda harorat ko`tarilishda davom etadi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun, 29 iyunda kunduz kuni O`zbekiston hududiga Volga bo`yi hududidan issiq havo kirib kelishi davom etadi. Havo kam bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo 36-41° gacha, shimolda, janubda va cho`l hududlarida ba`zi joylarda 43° gacha isiydi.

Poytaxtimizda havo kam bulutli bo`ladi. Harorat 38-40° gacha ko`tariladi.

Respublikaning tog`li hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo 26-31° atrofida bo`ladi.

🌐Batafsil ma`lumot O`zgidromet saytida

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1