“Jazeera Airways” aviakompaniyasi Quvaytdan Toshkent shahriga yangi aviaqatnovni yo`lga qo`ydi. Bu haqda kecha, 28-iyun kuni bo`lib o`tgan matbuot anjumani doirasida ma`lum qilindi, deya xabar bermoqda Turizm va sport vazirligi Axborot xizmati.
Turizm va sport vazirligi hamda “Jazeera Airways” aviakompaniyasi tomonidan o`tkazilgan matbuot anjumanida Bosh vazir o`rinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov hamda “Jazeera Airways” ijrochi direktori Roxit Ramachandran ishtirok etdi.
Tadbir doirasida xabar berilishicha, Toshkent shahridan Quvaytga va Quvaytdan Toshkentga haftasiga ikki aviareys yo`lga qo`yiladi. Bundan tashqari, Bishkek shahriga ham haftasiga ikki marta aviaqatnovlar amalga oshiriladi. Reyslar A320neo samolyotida amalga oshiriladi. Bortda yo`lovchilar premium-toifali joylardan birini (1-3 qatorlar) tanlashlari mumkin, bunda olib o`tiladigan yuk normasi 30 kg.ni tashkil qiladi.
Quyida reyslar jadvali keltirilgan:
| Reys raqami | Parvoz kuni | dan | ga | jo‘nab ketish vaqti | yetib kelish vaqti
|
| J9-655 | Seshanba Juma | Quvayt | Bishkek | 22:25 | 05:10 |
| J9-656 | Chorshanba Yakshanba | Bishkek | Quvayt | 07:20 | 08:45 |
| Reys raqami | Parvoz kuni | dan | ga | jo‘nab ketish vaqti
| yetib kelish vaqti
|
| J9-649 | Chorshanba Yakshanba | Quvayt | Toshkent | 20:35 | 01:50 |
| J9-650 | Dushanba Payshanba | Toshkent | Quvayt | 03:00 | 04:55 |






