1

Chiroqchida ish vaqtida mast holatda ekani aytilgan shifokorning "ichmagani"aniqlandi. Shifokor keksayib qolganini aytib, o`z xohishi bilan ishdan bo`shadi

Jamiyat 29.06.2021, 12:01
Chiroqchida ish vaqtida mast holatda ekani aytilgan shifokorning "ichmagani"aniqlandi. Shifokor keksayib qolganini aytib, o`z xohishi bilan ishdan bo`shadi

Ijtimoiy tarmoqlarda Chiroqchi tumani yuqumli kasalliklar shifoxonasidagi vrach ish paytida spirtli ichimlik ichib, bemorlarga qaramayotganligi haqida videomurojaat e`lon qilindi.  

Mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati SSB quyidagilarni ma`lum qildi:

Videomurojaat e`lon qilingan kunning o`zida o`tkazilgan narkolog tekshiruvida tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasi shifokori N.E. spirtli ichimlik iste`mol qilmaganligi aniqlangan.  

Shu kunning o`zida shifokorning o`zi ijtimoiy tarmoq orqali bu haqida e`lon qilib, navbatchilikda qattiq charchaganligi sababli bunday holat yuz berganligini qayd etgan va bemorni qabul qilishda sustkashlikka yo`l qo`yganligi uchun undan uzr so`ragan. Aniqlanishicha, shifokor N.E. voqeadan bir kun avval tasdiqlangan jadval asosida navbatchilikda bo`lgan.

Shundan so`ng 34 yil davomida yuqumli kasalliklar shifokori sifatida faoliyat yuritgan N.E. ma`muriyatga keksayganligi sababli bundan keyin shifoxonada o`z faoliyatini davom ettira olmasligini ma`lum qilib, o`z arizasiga ko`ra ishdan bo`shagan, deyiladi Qashqadaryo viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati xabarida. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1