1

“Shahidlar xotirasi” majmuasi er maydoni sotilayotgani rostmi? Mas`ullar izoh berishdi

Jamiyat 29.06.2021, 12:14
Teglar: Shahidlar xiyoboni
“Shahidlar xotirasi” majmuasi er maydoni sotilayotgani rostmi? Mas`ullar izoh berishdi

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoq vakilllari tomonidan “Shahidlar xotirasi”  majmuasida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari e`tibor va e`tiroz ostiga olinayotgan edi. Bu vaziyat  jamotchilik va ommaviy axborot vositalari tomonidan turlicha  talqin qilinayotgani ortidan ayrim savollar yuzaga kelmoqda. "Darakchi" muxbiri ularga oydinlik kiritish va hozirda  amalga oshirilayotgan rekonstruksiya jarayonini o`rganish maqsadida  mazkur majmuaga tashrif buyurdi.

Ma`lumki, hozirda “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi hududidagi qurilish-ta`mirlash va jihozlash ishlarini amalga oshirish bo`yicha birinchi bosqichi uchun Toshkent shahar mahalliy byudjetidan 20 mlrd. so`m ajratilgan. Xo`sh, rekonstruksiya uchun byudjetdan mablag` ajratilar ekan, unda nega erlar sotilishi haqida e`tirozlar ko`paymoqda?  

"Dastlabki loyiha hujjatlari qayta ko`rib chiqishimiz natijasida bir qator qurilishlardan voz kechib, sarf-xarajatlarni ham sezilarli darajada kamaytirdik. Endi yuqoridagi mablag` hisobidan keyingi bosqichdagi ishlarni ham amalga oshirish imkoni bo`lishi mumkin. Qayta-qayta takrorlayman, majmua qurilishini amalga oshirish uchun bir qarich ham er maydoni sotilgani yo`q! Ayniqsa, “Shahidlar xotirasi” majmuasi hududiga kiradigan maydonlarni sotish haqida gap-so`z ham bo`lishi mumkin emas" – dedi   majmua rahbari Baxtiyor Xasanov.  

Shuningdek, "Shahidlar xotirasi” majmuasi rahbari shu kungacha faoliyatlariga to`siq bo`lib kelayotgan bir qancha muammolarni tilga oldi.

Yodgorlik majmuasida joylashgan “Qatag`on qurbonlari xotirasi” davlat muzeyi  juda ixcham qilib kurilgani sababli, bu erdagi ekspozisiyalarni kengaytirishning imkoni yo`q. Shu bois qatag`on qurbonlari haqida to`plangan ko`plab noyob eksponatlar yillar davomida nazardan chetda qolib kelmoqda. Bino muzey talablariga moslab qurilmagani sababli ekspozisiya zallarini yozda salqin, qishda issiq saqlash katta muammoga aylangan. Buning ustiga, yog`ingarchilik mavsumlarida tez-tez binoning tomidan chakki o`tib, eksponatlarga zarar etkazishi holatlari uchramoqda. Muzeyda 2002 yilda o`rnatilgan uskuna va jihozlar eskirib, bugungi talablarga javob bermay qolgan.  

Eng asosiy muammolardan biri – muzeyda joy etarli bo`lmagani sababli uning arxiv va fondlari, ilmiy va ma`muriy xodimlari hozirgacha shaharning boshqa chekkasida, ijarada faoliyat yuritmoqda. Bu muzey ishini samarali tashkil qilishda jiddiy to`siq bo`lmoqda.

“Bunday muammolarni yana davom ettirishimiz  mumkin”— deydi majmua direktori: Nihoyat, ana shularni bartaraf etish maqsadida “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi hududida keng ko`lamli qurilish-ta`mirlash, obodonlashtirish va rekonstruksiya ishlari olib borishga kirishilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1