AsosiyJamiyat

Samarqandda IIB xodimiga qarshilik ko`rsatgan shaxsga jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Samarqandda IIB xodimiga qarshilik ko`rsatgan shaxsga jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Samarqand viloyati Paxtachi tumanida 24 iyun kuni IIB xodimiga qarshilik ko`rsatib, jarohat etkazgan erkak qo`lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, Ziyovuddin shaharchasi Abdulla Qodiriy ko`chasida yashovchi 30 yoshli A.O. Ziyovuddin temir yo`l bekatida ruda toshlari ortilgan yuk vagoniga chiqib qazilma toshlarini o`g`irlayotgan bo`lgan.

Uni ko`rib qolgan IIB xodimiga fuqaro qarshilik ko`rsatib, tan jarohati etkazgan. Mazkur holat yuzasidan A.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko`rsatish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, prosessual tartibda ushlangan.

Boshqa yangiliklar