Turkiya Respublikasi vise-prezidenti Fuat Oktay boshchiligidagi delegasiya Samarqandga tashrif buyurdi Delegasiyaga O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari-Investisiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzaqov hamrohlik qildi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi Axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, mehmonlarni Samarqand xalqaro aeroportida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov kutib olgan. Qisqa suhbatdan so`ng tashrif dasturiga muvofiq mehmonlar Samarqandning diqqatga sazovor joylariga sayohat va ziyoratni boshlashgan.






