AsosiyJinoyat

Toshkentda o`zi bilan ishqiy munosabatda bo`lgan erkakni ijtimoiy tarmoqlarda sharmanda qilish bilan qo`rqitib pul undirgan ayol ushlandi

'Toshkentda o`zi bilan ishqiy munosabatda bo`lgan erkakni ijtimoiy tarmoqlarda sharmanda qilish bilan qo`rqitib pul undirgan ayol ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIBBning Yashnobod tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro G. (ayol) fuqaro B. bilan birga ishqiy munosabatda bo`lgan foto va video tasvirlarni internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqatish bilan qo`rqitib, evaziga talab qilgan 85 mln so`mdan 10 mln so`mni o`ziga tegishli bo`lgan plastik kartaga o`tkazib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. 

Bundan tashqari, G. joriy yilning mart oyidan shu kunga qadar B.ni o`zi tomonidan tasvirga olingan foto va video tasvirlarni tarqatish bilan qo`rqitib, uning 200 mln so`mdan ortiq pulini tovlamachilik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, prokuraturaga yuborilgan.

Boshqa yangiliklar