AsosiyJamiyat

Toshkentda "kaskadyor" qizni olib yurgan mashina haydovchisiga nisbatan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirildi

'Toshkentda "kaskadyor" qizni olib yurgan mashina haydovchisiga nisbatan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda “Kaskadyor qizning romantik sayohati — kameraga tushib qolibdiku” sarlavhasi ostida tarqalgan foto lavha yuzasidan Toshkent viloyati IIBB YHXB ma`lumot berdi.

Ma`lum bo`lishicha, ushbu xodisa Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida 26 iyun kuni sodir etilgan bo`lib, xaydovchi salonidagi yo`lovchini havfsizligini ta`minlamaganligi va yo`l harakati qoidalarining 11 bandida ko`rsatilgan talablarni bajarmagan. 

Natijada MJtKning 128(5) moddasiga asosan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Chirchiq shahar IIB YHXB tomonidan olib borilgan surishtiruvlar jarayonida haydovchi transport vositasidan tana qismini chiqarib olgan fuqoroni tanimasligini aytib o`tgan.

Hozirda ushbu mamuriy huquqbuzarlik sodir etgan fuqoroni aniqlash ishlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar