AsosiyJamiyat

Adliya vazirligi: korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi yanada ta`sirchan bo`lishi kerak

'Adliya vazirligi: korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi yanada ta`sirchan bo`lishi kerak'ning rasmi

Adliya vazirligida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo`lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to`g`risida” Farmoni hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” qarori loyihalari hamda ular bo`yicha jamoatchilikdan kelib tushgan takliflarni muhokama qilish maqsadida davra suhbati o`tkazildi.

Tadbirda 2021–2022 yillarga mo`ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha davlat dasturi loyihasi hammuhokama qilindi. Dasturda vazifalarni manzilli ijro etishni ta`minlashga qaratilgan 40ta aniq chora-tadbirlar mavjud

Shuningdek, tadbirda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining korrupsiyaga oid farmon va qarori loyihalari bo`yicha o`tkazilgan jamoatchilik muhokamasi natijalari e`lon qilindi. Ta`kidlanishicha, jamoatchilikdan farmon loyihasi bo`yicha 139 ta va qaror loyihasi bo`yicha 60 ta, jami 200 ta takliflar kelib tushgan. Ularning aksariyati inobatga olinib, farmon va qaror loyhalari hamda davlat dasturiga kiritildi.

Davra suhbati ishtirokchilari O`zbekiston Respublikasi Prezidentining korrupsiyaga oid farmon va qarori loyihalarining qabul qilinishi mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi murosasiz muhit yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish, ushbu jarayonga keng jamoatchilikni safarbar etish, shuningdek, O`zbekistonning nufuzli xalqaro reytinglardagi o`rnini yaxshilashga xizmat qilishini ta`kidlab o`tishdi.

Boshqa yangiliklar