AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida 129 gektar er maydoni yonib ketdi

'Toshkent viloyatida 129 gektar er maydoni yonib ketdi'ning rasmi

Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda hududiy inspeksiyalari tomonidan joriy yilning 28-29 iyun kunlari olib borilgan ekologik nazorat tadbirlari davomida viloyatning qator tumanlarida boshoqli don ekinlaridan bo`shagan maydonlarida somon poyalarining yoqilishi natijasida jami 40 ta qonun buzilish holatlari aniqlangan. Bu haqda viloyat hokimligi Axborot xizmati xabar berdi. 

Ayrim tadbirkorlar hamda fuqarolarning tabiatga nisbatan nooqilona munosabatlari natijasida 129 gektar er maydonidagi somon poyasi yonib ketgan. Natijada 113 mln. 178 ming 492 so`m miqdorda atrof-muhitga zarar etkazilgan.  

Ushbu qonun buzulish holatlari yuzasidan ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, jarima hamda atrof-muhitga etkazilgan zararni undirish bo`yicha tayyorlangan materiallar sud organlariga qonuniy qaror chiqarish uchun yo`naltirilgan.

 

Eslatib o`tamiz, sal avval Qashqadaryoda dalada harakatlanib turgan kombayn yonib ketgani xabar qilingan edi. 

    Boshqa yangiliklar