1

Hokimiyat vakiliga qarshilik ko`rsatganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda

Jamiyat 29.06.2021, 22:30
Hokimiyat vakiliga qarshilik ko`rsatganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda

Bugun, 28 iyun kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O`zLiDeP fraksiyasining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi. Bu haqda partiyaning Axborot xizmati ma`lum qildi.

Fraksiya yig`ilishida “O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksiga o`zgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasining muhokamasi qizg`in kechdi.

Ushbu loyiha bilan Jinoyat kodeksining 219-moddasi birinchi qismi sanksiyasidagi jazo choralari kuchaytirilmoqda. Ya`ni, jarima miqdori bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha oshirilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash jazo chorasi kiritilmoqda va ozodlikdan mahrum qilish jazosi bir yildan uch yilgacha kuchaytirilishi nazarda tutilmoqda.

Deputatlarning fikricha, mazkur loyihaning qabul qilinishi natijasida Jinoyat kodeksida hokimiyat vakiliga qarshilik ko`rsatganlik yoki unga nisbatan zo`rlik ishlatganlik uchun javobgarlikni belgilash orqali hokimiyat vakillarining huquqiy himoyasi ta`minlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1