1

Qarshida xotiniga doimiy tazyiq o`tkazib kelayotgan er 223 ming so`m jarimaga tortildi. Ayolning o`ziga esa 111,5 ming so`m jarima belgilandi

Jamiyat 30.06.2021, 08:20
Qarshida xotiniga doimiy tazyiq o`tkazib kelayotgan er 223 ming so`m jarimaga tortildi. Ayolning o`ziga esa 111,5 ming so`m jarima belgilandi

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi tumani, Ravot mahallasida yashovchi Durbek ismli yigitning murojaati e`lon qilingan bo`lib, mazkur holatni Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo`mitasi o`z nazoratiga olgan edi.

Unda singlisi turmushga chiqqanidan so`ng juda ko`p aziyat chekkani, unga kun berishmayotgani, kuyovi tomonidan azob berilib, kaltaklanib shifoxonaga tushib qolgani, shuningdek, bu holatdan xabardor bo`lgan mutasaddi idoralar vakillarining beparvoligi va harakatsizligi haqida so`z borgan.

Holatga huquqiy baho berish va uni o`rganish uchun Qo`mita Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda holatni o`rganib chiqdi, deya xabar berdi Senat Axborot xizmati. 

O`rganishlar natijasida quyidagilar ma`lum bo`ldi.

Jinoyat ishlari bo`yicha Qarshi tuman sudining 2021 yil 23 fevraldagi qaroriga asosan fuqarolar Sh. va uning turmush o`rtog`i M. O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 41-moddasida ko`rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilib, M.ga nisbatan 223 ming so`m, Sh.ga nisbatan esa 111,5 ming so`m miqdorda jarima jazosi tayinlangan.

Ta`kidlash joizki, fuqaro M. tomonidan tazyiq va zo`ravonlik sodir etilishi holatlarini oldini olish maqsadida Qarshi tuman IIB tomonidan 2021 yil 3 iyun kuni Sh.ga 0005202-sonli himoya orderi berilgan.

Kelgusida Sh.ga Jinoyat ishlari bo`yicha Qarshi tuman sudi tomonidan qabul qilingan qarordan norozi bo`lgan taqdirda Jinoyat ishlari bo`yicha Qashqadaryo viloyat sudiga murojaat qilish yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1