1

Surxondaryoda maktab o`qituvchisi jinoyat ustida ushlandi

Jamiyat 30.06.2021, 09:47
Surxondaryoda maktab o`qituvchisi jinoyat ustida ushlandi

Qiziriq tumanida fuqaroni o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilgan o`qituvchi ushlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament.

Departamentning Qiziriq tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, tumandagi umumiy o`rta-ta`lim maktabi o`qituvchisi Sh.D. fuqaro M.ning ishonchiga kirib, uning o`g`lini 4 000 AQSh dollari evaziga Toshkent shahridagi tanishlari orqali O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilib, 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1