1

Koronavirus: O`zbekistonda kunlik o`lim ko`rsatkichi oshdi

Jamiyat 30.06.2021, 11:06
Koronavirus: O`zbekistonda kunlik o`lim ko`rsatkichi oshdi

Kecha yurtimizda 487 nafar kishida kasallik aniqlanib, 3 nafar bemor vafot etdi, deya xabar bermoqda SSV Axborot xizmati. 

Ma`lum qilinishicha, 2021 yil 29 iyun holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 110677 (+487) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

-15 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,

-16 nafari Andijon viloyatida,

-16 nafari Buxoro viloyatida,

-35 nafari Jizzax viloyatida,

-11 nafari Qashqadaryo viloyatida,

-7 nafari Navoiy viloyatida,

-31 nafari Namangan viloyatida,

-85 nafari Samarqand viloyatida,

-16 nafari Sirdaryo viloyatida,

-51 nafari Surxondaryo viloyatida,

-60 nafari Farg`ona viloyatida,

-3 nafari Xorazm viloyatida,

-52 nafari Toshkent viloyatida,

-89 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kasallikdan sog`ayganlar jami 107063 (+647) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 736 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 2878 nafar bemor davolanmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1