1

Ertaga Toshkentda “Evropa ittifoqi – Markaziy Osiyo” yig`ilishi o`tkaziladi

Jamiyat 30.06.2021, 12:20
Ertaga Toshkentda “Evropa ittifoqi – Markaziy Osiyo” yig`ilishi o`tkaziladi

2021-yil 1-iyul kuni Toshkent shahrida “Evropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” siyosat va xavfsizlik masalalari bo`yicha yuqori darajadagi muloqotning navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tadi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.

Tadbirda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Afg`oniston tashqi ishlar mahkamalari rahbarlarining o`rinbosarlari hamda Evropa tashqi faoliyat xizmati bosh kotibi o`rinbosari ishtirok etishi kutilmoqda.

Yig`ilish qatnashchilari Evropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o`rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, tashqi siyosat sohasidagi umumiy tahdidlar va xavf-xatarlarni muhokama qiladilar..

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1