1

Qozog`iston o`zbek gilosini keyinchalik Dubayda sotish uchun xarid qiladi

Jamiyat 30.06.2021, 13:01
Qozog`iston o`zbek gilosini keyinchalik Dubayda sotish uchun xarid qiladi

Qozog`iston cavdo va integrasiya vaziri Baxit Sultonov O`zbekistonga safari davomida ikkita shartnoma imzolashga erishdi.  

Ulardan biri — 500 ming dollar evaziga o`zbek gilosini sotib olish bo`yicha shartnoma. Uning doirasida «shartnoma tuzgan Qozog`iston kompaniyasi yuqori sifatli o`zbek va qozoq gilosining kengaytirilgan partiyasini keyinchalik Dubay savdo tarmoqlariga etkazib berishni rejalashtirmoqda».

«Biz muhokama qilgan juda muhim jihat: tovarlarni taqsimlash koridori bo`ylab tashkil etiladigan logistika markazlarida nafaqat kalibrlash va saralashni, balki to`g`ri qadoqlashni tashkil qilish masalasini ham hal qilish kerak. Katta chakana savdo tarmoqlarida qadoqlash uchun juda qattiq talablar mavjud, ularsiz juda yaxshi mahsulot ham hech qachon rastalardan o`rin egalla olmaydi», — dedi Baxit Sultonov.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1