1

Endi Toshkent viloyatida ko`chma emlash markazlari o`z faoliyatini boshlaydi

Jamiyat 30.06.2021, 13:38
Endi Toshkent viloyatida ko`chma emlash markazlari o`z faoliyatini boshlaydi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati viloyat boshqarmasi ma`lumotiga ko`ra, eksperement tarzda Zangiota tumanidagi bozorlar, aholi gavjum joylarda sanitariya-gigieniya qoidalariga amal qilgan holda COVID-19 ga qarshi vaksinalar bmlan emlash ishlari olib boriladi. 

Bu tadbir barcha tuman-shaharlarda tegishli tartibda davom ettiriladi. 

Aytish lozimki, viloyatda kasallanganlar soni 20 ming 229 nafarga etgan bo`lib, hozirda muolaja ishlari olib borilyapti. Kasalxonalarda davolanayotganlar soni 349 tani tashkil qilmoqda. 

Jumladan, 29 iyun kuni 61 fuqaroda " COVID-19" infeksiyasi aniqlangan.

Tahlillarga ko`ra, mavsum boshidan buyon Toshkent viloyatida jami 291 ming 607 doza koronavirusga qarshi vaksina bilan aholini emlash tadbirlari o`tkazildi. Shundan: 65 yosh va undan yuqori yoshdagilarga 81 ming 48 doza;

Tibbiyot xodimlari - 73 ming 199 doza;

Umumiy o`rta ta`lim maktablari o`qituvchilari- 44 ming 93 doza;

Maktabgacha ta`lim tashkilotlari xodimlari-21 ming 305 doza;

Surunkali kasalligi bor fuqarolar-41 ming 241 doza;

Qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari – 14 ming 762 doza;

Boshqalar – 15 ming 959 doza

Hudud aholisi 47 ming 149 doza “AstraZeneca”, 233 ming 224 doza “ZF-UZ-VAC2001” va 11 ming 234 doza “SPUTNIK-V” vaksinalari bilan emlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1