AsosiyJamiyat

SamDUning O`zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti tashkil etildi

'SamDUning O`zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti tashkil etildi'ning rasmi

Hukumatning 2021 yil 29 iyundagi qarori bilan Samarqand davlat universitetining Pedagogika instituti negizida Samarqand davlat universitetining O`zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti tashkil etildi.  

Institut davlat oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi.

Pedagogika sohasi bo`yicha tarbiya va o`qitish usullari, ta`lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo`llash ko`nikmalariga ega professional oliy ma`lumotli kadrlarni tayyorlash Institutning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.  

Institutda o`quv jarayoni:  

● Finlyandiya ta`lim dasturlari va texnologiyalari asosida tashkil etiladi;

● 2021/2022 o`quv yilidan boshlanadi.

Shunga ko`ra, Universitetda pedagogika ta`lim sohasining bakalavriat ta`lim yo`nalishlari va ularning negizidagi tegishli magistratura mutaxassisliklari bo`yicha qabul to`xtatiladi.  

2021/2022 o`quv yili uchun Institutga kunduzgi, sirtqi hamda kechki ta`lim shakli bo`yicha qabul parametrlari davlat komissiyasi qaroriga asosan, 2022/2023 o`quv yilidan esa har yili tasdiqlanadigan respublika OTMga o`qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.  

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar