1

"Yangi O`zbekistonni qurishda yoshlarning qudratli to`lqin bo`lib maydonga chiqayotgani tahsinga sazovor". Prezident yoshlar forumida ishtirok etmoqda

Jamiyat 30.06.2021, 20:27
"Yangi O`zbekistonni qurishda yoshlarning qudratli to`lqin bo`lib maydonga chiqayotgani tahsinga sazovor". Prezident yoshlar forumida ishtirok etmoqda

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoev O`zbekiston yoshlar va talabalar forumida ishtirok etmoqda.  

Davlat rahbari mamlakatimiz yoshlarini bugungi bayram – Yoshlar kuni bilan tabrikladi. Ayni vaqtda yurtimizda yoshlarga oid siyosat doirasida amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi vazifalar to`g`risida nutq so`zlamoqda.

"Yurtimiz bo`ylab 6 millionga yaqin g`ayrati baland, intiluvchan o`g`il-qizlarimiz ishtirokida “Yangi O`zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida o`tkazilgan festivallar, barcha yoshlarimiz uchun etuklik va haqiqiy vatanparvarlik ko`rigi bo`ldi.  

Ushbu festivallar bundan buyon nafaqat viloyat markazlarida, balki har bir tuman va shaharda o`tkazib boriladi, ularda ko`tarilgan masalalar echimi bo`yicha har yili Hukumat alohida dasturlar qabul qiladi.

Yangi O`zbekistonni barpo etishga qaratilgan umumxalq harakati saflarida siz, aziz yoshlarimizning qudratli to`lqin bo`lib maydonga chiqayotganingiz alohida tahsinga sazovordir", dedi davlat rahbari.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1