1

“Temir daftar”ga kirgan oilalarning har bir farzandiga o`quv qurollari uchun 500 ming so`mdan tarqatiladi, shuningdek...

Jamiyat 30.06.2021, 21:07
“Temir daftar”ga kirgan oilalarning har bir farzandiga o`quv qurollari uchun 500 ming so`mdan tarqatiladi, shuningdek...

Bu haqda ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoev ishtirokida bo`lib o`tayotgan Yoshlar forumida ma`lum qilindi. 

"Ipoteka dasturi doirasida uy-joy sotib olish uchun yosh oilalarga qo`shimcha 2 mingta kvota ajratiladi va ushbu maqsadlar uchun byudjetdan 60 milliard so`m mablag` yo`naltiriladi.

Shuningdek, yosh oilalarning ipoteka kreditini qaytarishga to`lagan mablag`lari daromad solig`idan to`liq ozod qilinadi.

“Daftarlar”ga kirgan oilalarning yangi turmush qurayotgan farzandlariga o`z xonadonida qo`shimcha uy-joy tiklashi uchun 33 million so`mgacha garovsiz kredit ajratish tizimi yo`lga qo`yiladi.  

Shuningdek, “Temir daftar”da qayd etilgan oilalarning har bir farzandiga o`quv qurollari va maktab formasi sotib olish uchun avgust oyida 500 ming so`mdan moddiy yordam beriladi", - dedi davlat rahbari.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1