1

Koreyаda noqonuniy ishlayotgan o`zbekistonlik mehnat migrantlari ushlandi

Jamiyat 01.07.2021, 09:25
Koreyаda noqonuniy ishlayotgan o`zbekistonlik mehnat migrantlari ushlandi

Bugungi kunda O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Koreya Respublikasining qator mahalliy administrasiyalari o`rtasida tuzilgan kelishuvlarga asosan mamlakatimiz fuqarolari 5 oylik mavsumiy ishlarda E-8 vizasi bilan vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ushbu davlatga yuborilmoqda.

Mazkur fuqarolar Koreya Respublikasiga borgandan keyin belgilangan tartibga ko`ra, ma`lum muddat karantin hududida saqlanmoqda. Karantinda saqlanayotgan fuqarolar bilan ushbu davlatga E-9 vizasi bilan 2014 yilda kelib, ayni paytda noqonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan mehnat migrantlari ogohlantirishsiz uchrashmoqchi bo`lganda Koreya Respublikasi ichki ishlar xodimlari tomonidan ushlandi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar berdi. 

Ulardan karantin hududiga kirish sababi so`ralganda, asl maqsadini, ya`ni E-8 vizasi bilan kelgan fuqarolarni noqonuniy olib ketmoqchi bo`lganini yashirib, u erdagi fuqaroga telefon apparatini bermoqchi ekanini aytgan.

Hozirgi vaqtda ushbu fuqarolarni mamlakat hududidan chiqarib yuborish bo`yicha hujjatlar tayyorlanmoqda.

"Shu munosabat bilan, Koreya Respublikasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimizdan ushbu mamlakat qonunlariga rioya qilishlarini, belgilangan karantin cheklovlarigi amal qilishlarini so`raymiz", - deyiladi xabarda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1