1

IIV Matbuot kotibi sayt muxbiridan orderni orden deb intervyu bergan IIB xodimasi bahonasida o`z alamzadaliklarini olmasligini so`radi

Jamiyat 01.07.2021, 10:10
IIV Matbuot kotibi sayt muxbiridan orderni orden deb intervyu bergan IIB xodimasi bahonasida o`z alamzadaliklarini olmasligini so`radi

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlardagi Rost24 portali OAVga intervyu bergan ichki ishlar organi xodimasi R.Yakubovaning “order” so`zini “orden” deb gapirib yuborgani haqida xabar joylagan. 

IIV Matbuot kotibi ushbu holatni mazax qilib joylangan post, deya baholab, munosabat bildirdi.

"Postning muallifi ham ko`rsatilmagan.

Videokameraga gapirayotganida hayajonga berilib, so`zida xato qilgan xodimamiz nomidan uzr so`rayman. Ularni chiroyli gapirishga emas, o`z vazifasini yaxshi bajarishga o`rgatishgan.  

Shu o`rinda, jurnalistik etikani tushunmaydigan, o`zining shaxsiy adovatini yoki alamzadaligini yangilik resurslari orqali axborot olamida namoyish qilayotgan “muxbirlar” uchun Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmati qisqa muddatli treninglar tashkil etayotganligini aytib o`tmoqchiman. Uyalmang, keling, Sizga psixologik ko`mak beramiz", - deyiladi IIV Axborot xizmati rahbari Sh. G`iyosov munosabatida. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1