1

O`zbekistonda koronavirusdan vafot etganlarning kunlik soni yana oshdi

Jamiyat 01.07.2021, 10:54
O`zbekistonda koronavirusdan vafot etganlarning kunlik soni yana oshdi

Kecha yurtimizda 476 nafar kishida kasallik qayd etilib, 4 nafar bemor vafot etdi, deya koronavirus bilan bog`liq vaziyat haqida xabar qilmoqda SSV Axborot xizmati. 

Ma`lum qilinishicha, 2021 yil 30 iyun holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 111153 (+476) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

-20 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,

-20 nafari Andijon viloyatida,

-25 nafari Buxoro viloyatida,

-41 nafari Jizzax viloyatida,

-16 nafari Qashqadaryo viloyatida,

-7 nafari Navoiy viloyatida,

-43 nafari Namangan viloyatida,

-72 nafari Samarqand viloyatida,

-18 nafari Sirdaryo viloyatida,

-32 nafari Surxondaryo viloyatida,

-28 nafari Farg`ona viloyatida,

-4 nafari Xorazm viloyatida,

-49 nafari Toshkent viloyatida,

-101 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kasallikdan sog`ayganlar jami 107696 (+633) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 740 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 2717 nafar bemor davolanmoqda.

 

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1