1

1 iyul O`zbekiston milliy valyutasi – so`m muomala kiritilgan kun. Milliy valyuta yaratilishi tarixi haqida nimalarni bilamiz?

Jamiyat 01.07.2021, 11:13
1 iyul O`zbekiston milliy valyutasi – so`m muomala kiritilgan kun. Milliy valyuta yaratilishi tarixi haqida nimalarni bilamiz?

 1994 yilning 1 iyul sanasida milliy valyuta — so`m muomalaga kiritilgan.

Markaziy bank matbuot xizmati xabariga ko`ra, milliy valyuta tizimi bir qator bosqichlarni bosib o`tgan. Markaziy bank tomonidan 1991-1993 yillar davomida milliy valyutani muomalaga kiritish uchun juda ko`p izlanishlar olib borildi, xorijiy mamlakatlar tajribasi o`rganildi.

1993 yilning 15 noyabridan boshlab to`lov vositasi sifatida “So`m-kupon” muomalaga kiritildi. Pul islohotini amalga oshirish borasida ma`lum tajribaga ega bo`lish uchun “So`m-kupon” o`tish valyutasi sifatida  xizmat qildi.

Ushbu yo`nalishda etarli tajriba to`plangach, 1994 yil 1 iyuldan boshlab O`zbekiston Respublikasi milliy valyutasi  “so`m” muomalaga kiritildi.

Dastlabki muomalaga chiqarilgan banknot va tangalar xorijiy davlatlarda tayyorlangan. 1995-1996 yillarda banknot va tangalarni tayyorlashning to`liq siklini joriy etish maqsadida Markaziy bank qoshida “Davlat belgisi” korxonasi va uning tarkibida Qog`oz fabrikasi, Bosma fabrika va Zarbxona tashkil etildi va o`zimizda “pul ishlab chiqarish” yo`lga qo`yildi. Bu korxona hozirda “Davlat belgisi” DUK deb yuritiladi.

Milliy valyutamiz – so`m mamlakatda mustaqil pul-kredit siyosatini yuritish, iqtisodiyotda hisob-kitoblarni amalga oshirish imkoniyatini yaratdi. Ish haqi va ijtimoiy to`lovlar so`mda to`lana boshladi. Shu tariqa davlatning iqtisodiy mustaqilligini ta`minlovchi mustaqil pul-kredit siyosati shakllantirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1