1

Erondan yana issiq havo kirib kelmoqda, 6-8 iyul kunlari harorat me`yordan 8 daraja yuqori bo`ladi — "O`zgidromet"

Jamiyat 01.07.2021, 11:56
Erondan yana issiq havo kirib kelmoqda, 6-8 iyul kunlari harorat me`yordan 8 daraja yuqori bo`ladi — "O`zgidromet"

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati yaqin kunlarda havo haroratida ko`tarilish qayd etilishi haqida xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, 3-5 iyuldaO`zbekiston hududlari bo`yicha havo harorati kunduz kunlari 39-41°, shimolda, janubda va cho`l hududlarida 42-44° gacha bo`lgan issiq ob-havo saqlanib turadi.

6-8 iyulda Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi hisobiga, issiq ko`tarilishi kutilmoqda.

Ushbu kunlarda havo harorati iqlimiy me`yorlardan 5-8° ga yuqori bo`ladi.

Kunduz kunlari havo 41-43° gacha, shimolda, janubda va cho`l hududlarda 44-46° gacha isiydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1