1

To`rt kishini “Kalmakir” koniga ishga kiritib qo`ymoqchi bo`lgan “Olmaliq tog` metallurgiya kombinati” ishchisi qo`lga tushdi

Jamiyat 01.07.2021, 12:26
To`rt kishini “Kalmakir” koniga ishga kiritib qo`ymoqchi bo`lgan “Olmaliq tog` metallurgiya kombinati” ishchisi qo`lga tushdi

Ohangaron tumanida fuqarolarni ishga kiritib qo`yishni va`da qilgan firibgar ushlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament.

Ma`lum qilinishicha, Departament hamda DXXning Ohangaron tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, “Olmaliq tog` metallurgiya kombinati” AJ fabrikasi ishchisi A.I. fuqaro J.R. va yana 3 nafar fuqaroni “Kalmakir” koniga ishga kiritib qo`yish evaziga, oldindan kelishilgan 6 000 AQSh dollari hisobidan avans sifatida 1 600 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1