1

Turkiya elchisi o`zbekistonlik jurnalistlar bilan uchrashadi

Jamiyat 01.07.2021, 12:46
Turkiya elchisi o`zbekistonlik jurnalistlar bilan uchrashadi

Ertaga, 2 iyul kuni Turkiya Respublikasining O`zbekistondagi elchisi Olgan Bekarning turli OAVlarda faoliyat yuritayotgan jurnalistlar va blogerlar bilan uchrashuvi bo`lib o`tadi.

Ma`lumki, so`nggi vaqtda O`zbekiston-Turkiya mamlakatlari orasida hamkorlik aloqalari tobora mustahkamlanib bormoqda. Xususan, kuni kecha Turkiya vise-prezidenti Fuat Oktayning ham O`zbekiston Prezidenti va vazirlari bilan uchrashuv va kelishuvlari bo`lib o`tdi, shuningdek, xorijiy mehmon mamlaktimizning bir nechta viloyatlarini ham ziyorat etdi

Bundan tashqari, ayni paytda Turkiyaning O`zbekistondagi elchixonasi Turizm va madaniyat bo`limi tomonidan "Xavfsiz turizm" loyihasi doirasida o`zbekistonlik jurnalistlar bilan o`ziga xos hamkorlik yo`lga qo`yilgan. Mazkur loyiha doirasida har oy turli OAV vakillari Turkiyaning turli shaharlariga sayohat qilish imkoniyatiga ega bo`ldilar. 

Ertaga tashkil etilayotgan uchrashuvda OAV xodimlari va jurnalistlar Elchi janoblari bilan ikki mamlakat o`rtasidagi aloqalarda o`zlarini qiziqtirgan savollar va takliflar bilan ishtirok etishlari kutilmoqda. Ma`lumot uchun, ushbu uchrashuv boshqa turdagi rasmiy anjumanlardan farq qilib, ochiq, tanishuv uchrashuvi sifatida tashkil etilmoqda. 

Eslatib o`tamiz, Olgan Bekar joriy yilning mart oyida Turkiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1