1

Farg`onada mashinasini jarima maydonchasidan chiqarib berish uchun IIB xodimiga 2 million so`m pora berayotgan fuqaro qo`lga tushdi

Jamiyat 01.07.2021, 13:39
Farg`onada mashinasini jarima maydonchasidan chiqarib berish uchun IIB xodimiga 2 million so`m pora berayotgan fuqaro qo`lga tushdi

Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 29 iyun kuni Farg`ona viloyati IIB YHXB YPX xodimi E.Xayitov, Beshariq tuman markazida xizmat olib borayotgan vaqtda "Neksiya" rusumli avtomobil haydovchisini to`xtatgan. Haydovchi R.M. avtomobilni mastlik holatida boshqarganligini aniqlagan va ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirib, transport vositasini vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirgan.

Haydovchi R.M. o`ziga nisbatan to`plangan hujjatlar bo`yicha qonuniy chora ko`rmaslik va avtomobilini jarima maydonidan chiqarib berish evaziga ma`muriy materiallarni ko`rib chiqish inspektori I.Siddiqovga 2.000.000 (ikki million) so`m miqdoridagi pulni pora tariqasida taklif qilgan.

Shundan so`ng I.Siddiqov viloyat IIB boshlig`i nomiga bildirgi orqali murojaat qilib, pora taklif qilayotgan haydovchiga qonuniy chora ko`rilishini so`ragan.

Xodimning bildirgisiga asosan 2021 yil 29 iyun kuni soat 15:30 larda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro R.M. ma`muriy materiallarni ko`rib chiqish inspektori I.Siddiqovga 100 AQSh dollari va 950.000 so`m (to`qqiz yuz ellik ming) so`m miqdoridagi pullarni pora tariqasida bergan vaqtda ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Beshariq tumani bo`limi tomonidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1