1

Prezident ba`zi tiktokerlar tarbiyasi masalasiga ham munosabat bildirdi

Jamiyat 01.07.2021, 14:56
Prezident ba`zi tiktokerlar tarbiyasi masalasiga ham munosabat bildirdi

Kecha bo`lib o`tgan Yoshlar va talabalar forumida prezident Shavkat Mirziyoev buyuk ajdodlarimiz haykallari atrofida turli nojo`ya xatti-harakatlar qilib, ularni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan yoshlar tarbiyasi masalasiga ham to`xtalib o`tdi, deya xabar bermoqda "Darakchi" muxbiri Sardorbek Rahmonqulov.

"Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda ko`rsatilgan xunuk voqealar, ya`ni joylardagi Alisher Navoiy, Amir Temur, Motamsaro ona haykallari yonida ayrim tarbiyasiz yoshlar tomonidan sodir etilgan noma`qul harakatlar meni nihoyatda ranjitdi.

Bu bolalarning ota-onasi, bobo-momolari, o`qituvchi va muallimlari, qolaversa mahalla-ko`y, yoshlar bilan ishlaydigan mas`ul mutasaddilar qaerga qarayapti? Vatanimiz yoshlariga mutlaqo yarashmaydigan, barchamizga isnod keltiradigan bunday salbiy ko`rinishlarga, jamiyatimizda mutlaqo o`rin bo`lmasligi zarur.

Kerak bo`lsa, biz xalqimizning muqaddas qadriyatlari, timsollari va tabarruk qadamjolariga bepisand munosabatda bo`ladigan kimsalarga nisbatan jazo choralarini yanada kuchaytiramiz. Bunday buzg`unchi ishlarning oldini bugun olmasak, ertaga kech bo`ladi", — dedi prezident.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1