AsosiyJamiyat

Тошкент шаҳри учун электробуслар сотиб олинади

'Тошкент шаҳри учун электробуслар сотиб олинади'ning rasmi

Transport vazirligining xabar berishiga koʻra, ushbu tajriba Oʻzbekiston Respublikasining boshqa shaharlarida ham joriy etilishi mumkin. Birlashgan millatlar tashkiloti Taraqqiyot Dasturi va Global ekologiya jamgʻarmasining “Atmosferaga zararli moddalarni kam chiqaruvchi avtotransport vositalariga investitsiyalar jalb qilishni jadallashtirish” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan yangi loyiha  atrof-muhit sifatini yaxshilashga yoʻnaltirilgan boʻlib,  atmosfera havosiga chiqarilayotgan zararli moddalar miqdorini sezilarli darajada kamaytirish maqsad qilingan.

Ushbu jarayon BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Toshshahartransxizmat” AJ hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Loyihada Toshkent shahri jamoat transporti uchun elektrobuslarni xarid qilish hamda shaharda maxsus yashil transport yoʻlagini joriy etish koʻzda tutilgan.

 Olti yil muddatga moʻljallangan mazkur  loyiha doirasida BMT Taraqqiyot dasturi va Global ekologiya jamgʻarmasi tomonidan 3,9 mln. dollar mablagʻ ajratilishi koʻzda tutilgan.

Boshqa yangiliklar