1

"Qamchiq"da yuk mashinasi ag`darilib, yonib ketdi. Ichida qolgan ikki odam halok bo`ldi

Jamiyat 01.07.2021, 18:25
"Qamchiq"da yuk mashinasi ag`darilib, yonib ketdi. Ichida qolgan ikki odam halok bo`ldi

Bugun soat 14:25 da Toshkent-O`sh xalqaro avtomobil` yo`li “Qamchiq” dovonining 260-kilometrida Farg`ona vodiysi tomon harakatlanayotgan yoqilg`i tashuvchi yuk mashinasida (benzovoz) yong`in kelib chiqqan. Bu haqda FVV Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum bo`lishicha, mazkur holat yuk mashina haydovchisining boshqaruvni yo`qotishi oqibatida sodir bo`lgan. Favqulodda vaziyat yuzaga kelgan joyga FVVning “Qamchiq” maxsus qidiruv yong`in-qutqaruv boshqarmasi zudlik bilan etib borgan. Qutqaruvchilar yonib ketgan yuk mashinasini tezda o`chirishga muvaffaq bo`ldilar. 

Afsuski, ushbu hodisa natijasida yoqilg`i quyish mashinasining salonida bo`lgan ikki kishi —  xaydovchi J.Ya. va uning yonida bo`lgan yo`lovchisi halok bo`lgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1