1

Shuhrat Abdurahmonov kenja qiziga dabdabali to`y qilgani haqidagi xabarlarga hokimiyat munosabat bildirdi (video)

Jamiyat 01.07.2021, 19:50
Shuhrat Abdurahmonov kenja qiziga dabdabali to`y qilgani haqidagi xabarlarga hokimiyat munosabat bildirdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon hokimining qizini to`yi bo`layotgani haqidagi videolavha va fotolar tarqalmoqda. Unda dabdabali to`y va sarpo suratlari aks etgan.
 

Holat yuzasidan Andijon viloyati hokimligi munosabat bildirdi. 

"Haqiqatdan ham, videolavhaning birinchi qismida Andijon viloyati hokimining qizi va kuyovining unashtiruv marosimidagi suratlar aks etgan. Andijon viloyati hokimi yaqin kunlarda qizini turmushga uzatganligi ma`lum. Ammo, tarqatilgan videoning ikkinchi qismida turli xil kiyim kechaklar bilan to`ldirilgan gardiroblar, uy-joylar aks ettirilgan suratlar viloyat hokimiga umuman aloqador emasligini ma`lum qilamiz. Ushbu fotosuratlar internet tarmoqlaridan ko`chirib olingan va ko`chirilgan suratlar yordamida tayyorlanganligi ma`lum bo`ldi.

Hurmatli ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari, yuqoridagilarni inobatga olib, yolg`on axborot tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikasiya tarmoqlarida yoki Internet tarmog`ida tarqatish holatlari uchun qonuniy jazo choralari mavjud ekanini eslatib o`tamiz", - deyiladi rasmiy munosabatda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1