1

Urganchdagi kanaldan ikki kun avval cho`kib ketgan 16 yoshli yigitning jasadi topildi

Jamiyat 01.07.2021, 20:11
Urganchdagi kanaldan ikki kun avval cho`kib ketgan 16 yoshli yigitning jasadi topildi

29 iyun kuni Xorazm viloyati Urganch shahridagi “Jaloliddin Manguberdi” istirohat bog`i yonidagi “Shovot” kanalida 9-sinf o`quvchisi bo`lgan 16 yoshli bola cho`kib ketgani xabar qilingandi. Bugun, 1 iyul kuni Xorazm viloyati FVV qidiruv guruhi tomonidan uning jasadi topildi.  Bu haqda Bosh prokurorining matbuot kotibi ma`lum qildi.

Holat yuzasidan Yangibozor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.  

Bosh prokuratura jamoasi marhumning oila a`zolari hamda yaqinlariga chuqur ta`ziya va hamdardlik izhor qiladi, — deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1