1

“El-yurt umidi” jamg`armasi stipendiya tanlovi g`oliblari ro`yxati e`lon qilindi

Jamiyat 01.07.2021, 20:41
“El-yurt umidi” jamg`armasi stipendiya tanlovi g`oliblari ro`yxati e`lon qilindi

 “El-yurt umidi” jamg`armasi O`zbekiston uchun eng ustuvor sohalarda, mutaxassisliklar kesimida ochiq stipendiya tanlovlarini e`lon qilgan edi. 350 o`ringa mo`ljallangan ushbu tanlov g`oliblari ro`yxati e`lon qilindi. Bu haqda “El-yurt umidi” jamg`armasi axborot xizmati ma`luot berdi.  

Jamg`arma stipendiya tanlovlarida g`oliblikni qo`lga kiritgan 78 nafar nomzod ro`yxatini e`lon qildi.

Tashkilotchilar stipendiya g`oliblari Jamg`arma Nizomida belgilangan barcha hujjatlarni shu yilning 10 iyuliga qadar topshirishlari va xorijga o`qishga ketish bilan bog`liq barcha jarayonlarni rasmiylashtirishlarini tavsiya qilgan.  

«El-yurt umidi» jamg`armasi Vasiylik kengashining qaroriga muvofiq stipendiya tanlovida qatnashgan Xalq ta`limi vazirligi tasarrufidagi umumta`lim maktablarining 8 nafar o`quvchisi jamg`arma stipendiati deb e`tirof etildi.

Stipendiatlarning o`qishi bilan bog`liq – xorijiy davlatda yashash, turar joy, xalqaro va ichki transport, sug`urta, viza va adabiyotlar xarid qilish bilan bog`liq barcha xarajatlari «El-yurt umidi» jamg`armasi tomonidan moliyalashtiriladi.    

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1