1

Kamida 150 ta kasb va lavozimlar uchun oliy ma`lumot talabi bekor qilinadi

Jamiyat 02.07.2021, 00:10
Kamida 150 ta kasb va lavozimlar uchun oliy ma`lumot talabi bekor qilinadi

Bu haqda 30 iyun kuni bo`lib o`tgan Yoshlar va talabalar forumida ma`lum qilindi, deya xabar bermoqda "Darakchi" muxbiri Sardorbek Rahmonqulov.

"Bugungi kunda oliy ma`lumot talab qiladigan 80 mingga yaqin bo`sh ish o`rinlari mavjud. Misol uchun, transport, geologiya, qishloq xo`jaligi, madaniyat, sport sohalarida bilim va malakasi etarli bo`la turib, oliy ma`lumoti yo`qligi uchun, minglab yoshlarimiz ishga kira olmayapti. Shu bois, joriy yilda oliy ma`lumot talab etadigan kasb va lavozimlar qayta ko`rib chiqiladi hamda ularning kamida 150 tasi bo`yicha bunday talab bekor qilinadi" - dedi prezident Shavkat Mirziyoev.

Bunday engillik tufayli 10 mingdan ortiq yoshlar ishga joylashishi mumkin bo`ladi.

Mavzuga oid:

Prezident ba`zi tiktokerlar tarbiyasi masalasiga ham munosabat bildirdi

Namanganlik Dilobar Mahmudova tashabbusi bilan o`zbek mumtoz tili lug`ati yaratiladi

Talabalar uchun ta`lim kreditlari 28 foizdan 14 foizgacha tushiriladi va yana...

Har yili hokim, vazir, idora va bank rahbarligiga kamida 2 nafardan yosh nomzodlar zahirasi shakllantiriladi

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1